DO'ST BILGANIM-BILNAGANIM.
Bo'loldim na u yon, bu yon,
Qayda bo'lsam chaqar chayon,
Og'ritdi ko'nglimni yomon,
Do'st bilganim-bilmaganim.
Qayda qoldi chin do'stlarim?
Jonin berar jon do'stlarim?
Sharob suzar qon do'stlarim,
Do'st bilganim-bilmaganim.
Aybim, qadah olmaganim,
Qilib g'iybat kulmaganim.
Ichimdagi ilonlarim-
Do'st bilganim-bilmaganim.
Mendan pastroq yursin- deydi,
Savlatimni ko'rsin- deydi,
Arpasin xom o'rsin- deydi,
Do'st bilganim-bilmaganim.
Ko'cha ko'yda vidirlaydi,
Nelarnidir shivirlaydi,
Ayolchalish qiqirlaydi,
Do'st bilganim-bilmaganim.
Xatoyim ne, urganmidim?
Arpamni xom o'rganmidim?
G'ururimni sotmoqdalar,
Do'st bilganim-bilmaganim.
Ular bari mendan zo'rlar,
Bitta