Bir gulga devonaman, Bir oshiq bechoraman. Men senga ishonaman, Meni kutgil qaytaman. Jism-u jonim seniki, Baxt-u borim seniki. Yolg'iz bo'lgin meniki, Meni kutgil qaytaman. Kutgil meni uzoqdan, Quyosh chiqar tarafdan. Duo qilib ertalabdan, Meni kutgil qaytaman. Ming bir kutgan kuningga, Sog'inch to'lgan ko'zingga. Mayus boqma yo'limga, Meni kutgil qaytaman. Sog'inganing men bo'lay, Quvonchingni bir ko'ray. Bugun yoningga boray, Meni kutgil yo'ldaman.!