Yo'q... Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan Umringda quyoshdek porlayveraman. Ming yillar qariga ketkaningda ham, Men seni samodek chorlayveraman. Ismingni yozaman tonglarga maxtab, G'unchalar bargida uhlayveraman. Yo'q... Baxting meningsiz bo'lolmas tugal, Men seni har lahza yo'qlayveraman. Otashman, dengizman, samoman, nurman, Jismu jahoningni o'rtayveraman. Ayt, qanday topasan mendan qochmoqqa imkon, Men seni Hudodan so'rayveraman. Men so'nggi tomchiman yagona najot, Faqat sen ichgin deb qistayveraman. Yo'llarimda qoldi eng so'nggi hayot, O'lsam ham ishqingni istayveraman...