Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan.Olis yo‘llar seni chorlar, chorlar zamon.Orzularing olamiga, yor, yetarsan.Men qolarman ko‘zim giryon, dilda hijron.Sen ketarsan, meni tashlab, sen ketarsan.Goh ishon, goh ishonma deydi xayol.Ammo o‘zing xayolingga keltirmaysan,Hayotimsan, bormi sensiz menda majol,Unutma meni, qaylarda chekma firoq,Yaqindami yo yiroq,Meni esla.Unutma meni nur topgan chog‘ quyoshOqshomlar, berib bardosh,Meni esla.Unutma meni oshganda dovon,Yoqqanda dog‘i hijron,Meni esla.Kulib boq, sunib qol,Baxtimiz topmay zavol.Meni esla...