Do'stim, eng mo'tabar manzilinga yetgin, Yaxshilik yo'lida sen yashab o'tgin. Bir yaxshi nom qolsin erta ortingdan, Yig'lab tug'uldingmi, Yig'latib ketgin. Birovning ko'nglini og'ritma zinhor, Har bir urgan mushting javobi ham bor. Sen ketsang, bo'lisinlar qadamingga zor, Yig'lab tug'ildingmi, Yig'latib ketgin.