Ko'ksingdagi kesak emas yurak bo'lsa, Inson degan kimgadir sal kerak bo'lsa. Bu dunyoda yashashdan bir tilak bo'lsa, MUHABBATSIZ,ayting,qanday yashash mumkin. Taqdir etsa, yigit mingay yuz samanni, Yosh o'tti, sovutgaymi kuz tanamni. Saksonda ham sevib qolgum qiz sanamni! MUHABBATSIZ, axir, qanday yashash mumkin.....