Tandirlarga yig'lab-yig'lab o'tin qalar, Jim kuzatar o'rikdagi musichalar. Bir nuqtaga boqib ba'zan o'yga tolar, Onajonim qumsab meni sog'inganda.
Musofirning bir xayoli ekan uyda, Ne qilardik ko'pchilikka kelgan to'yda. Bir zot borki yayrolmaydi ko'cha-kuyda, Onajonim qumsab meni sog'inganda.
Ko'rganmisiz o'zanidan ayro soyni? Kim qumsamas bolaligi o'tgan joyni? Dasturxonda noz-ne'matlar tatimaydi, Onajonim qumsab meni sog'inganda.
Baxtimizga sog' bo'lsangiz yetar bizga, Bundan ortiq baxt bormikan o'g'il-qizga. Duo qilar su'ratimni olib qo'lga, Onajonim qumsab meni sog'inganda.
Musofirlik dardi og'ir oh, bunchalar, Sog'inch hissi vujudimga o'tin qalar. Holim ko'rib achinadi