Naqadar ulug'dir ota degan zot, Sizni unutmayman toki men hayot. Yuraklarim to'lib ursada faryod, Tilimda nomingiz doim barhayot. Ota desam doim ezilar bag'rim, O'z-o'zidan yo'qolar xattoki aqlim. Ko'zlarimdan shoshqotib oqadi yoshim, Chuqur o'yga tolar har dam hayolim. Ota deb yozganda qolaman qotib,Xattoki qalamim yozmaydi botib. Yig'idan tiyolmay qolaman ko'zim, Yurakdan chiqadi har bitta so'zim. Ota deyish endi mening armonim, Qaddimni bukuvchi yolg'iz hijronim. Rasmizga boqishga yetmas bardoshim, Ota siz edingiz yolg'iz sirdoshim. Esimda otajon bo'lgan edi qish, Siz bilan so'ngi bor ox vidolashish. A L L O H dan duoga tilayman har giz, Jannat bo'lsin ota yurgan makoniz.