O`tib ketgandir qancha zamonlar,
Fasli yomg`irlar kuchli bo`ronlar,
Bir biriga vox etmay yoronlar,
Menga armonmi ilk muxabbatim.
Shirin azoblar bo`lsang qalbimda,
Charx urarsan xamon aqlimda,
Qayda yursam borsan naqlimda,
Menga xayolmi ilk muxabbatim.
Ko`zlaringa boqsam boqmas menga,
Baxting tilarman baxtim xam senga,
O`ylasam sevgi qiynoqmi menga,
Menga jazomi ilk muxabbatim.
Sevgi deb qo`llarda nechun qalam,
Xali bitmay turib dildagi yaram,
Yodga tushsa dilimda yashar alam,
Menga xijronmi ilk muxabbatim.
Sevgi degani shirin tushmidi,
Baxtim kulgani omad qushmidi,
Dilga yoqqani totli xushmidi,
Menga suyukli ilk muxabbatim.
Boqishlaring jodu