DO`STLARIM....
Do`stlarim, menimcha dunyo degani,
Intilganga imkon, mexnat ichra baxt.
Omadini kutib toqat qilganni,
Peshanasi yorug`, kelajagi naqd.
Do`stlarim, menimcha inson degani,
Tug`ilibdiki mudom unga xamrox dard.
O`tkinchi g`avg`olar emas bilgani,
Abadiylik sari yo`l olsin faqat.
Do`stlarim, menimcha visol degani,
Jonu tanga qondek singmog`idir axd.
Yaxshidir yurakda vafo bo`lgani,
Eng toza dillarda yashar muxabbat.
Do`stlarim, menimcha erta degani,
Kecha va bugundek oddiygina vaqt.
Ayonmas umrning qancha qolgani,
Xech maxal yashashga yo`qolmasin shaxd.
Do`stlarim, menimcha ko`ngil degani,
Aytilmagan qo`shiq, yozilmagan xat.
Unga faqat mexr bo`lsa bo`lgani,
Mexrsiz ko`ngillar nursi