Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Ko'nglimdagi ajib sokinlik
Bir lahzada yo'qoldi qoldi
Hayolimni parishon aylab
Ne uchundir tinchim yo'qoldi
Ko'ngil , meni abgor aylama
G'am g'ussaga solma iltimos
Sen izlagan yorug' yulduzing
Ko'nglim samosidan joy oldi.
Bu ne dardki ko'nglim gavhari
Bo'lmoq istar uzuginga ko'z
Ovozingni sehri yurakka
Ajib iliq harorat soldi
Sen borsanki hayot betakror
Qishin yozu dilimda bahor
Ko'zlaringni nurli shu'lasi
Yuragimdan asta joy oldi.
Baxtli taqdir mening boshimda
Nafis, go'zal tuyg'uni solib
Yuragimdan otilgan bu dard
Shu sherimda joylanib qoldi.