Xayrlashdik,
xayr, demadim,
Qo’rqdim noxush so’zning sehridan.
O’zingizni asrang, demadim,
Panohida asraydi egam.
Ortingizdan boqmadim uzoq,
Axir so’nggi yo’l emasku, bu.
Tezroq qayting, demadim. E voh,
Tilginamni kuydirdi shu so’z.
Aytolmadim "sog’inaman” deb,
Yurak titrab – tirnalaverdi.
Qarshingizda hayajonlanib,
Telba ko’ngil g’udranaverdi.
Xayrlashdik,
xayr, demadim,
Siz ham "xush qol” deganingiz yo’q.
Sizni hamon kutayapman-u,
Ammo hanuz kelganingiz yo’q.
Kutmaslikkahaqqimyo’qmanim,
Kelmaslikdansizhambenasib,
Xijronlarning rishtasin uzib,
Ko’risharmiz biz yana xali.
Xayrlashdik, xayr, demadik…
Nimaga sevdirding uni, Xudoyim,
Sevgini bilmagan insonni?
Qiynamoq uchun soldingmi,
Ichimga