Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Yig'lamagin ustingdan kuladi xayot. Boshing egma chetka surib qo'yadi xayot. Yolg'on sevgan oshiqlarga diling bermasang. Xaqligingni bir kun isbot qiladi xayot. Yolg'onchi yordan voz kech. Yolg'on emas rost kech. Yerga urmay qadring. Mag'rurlarga xos kech. Sevgiga zor bo'lsin. Sochlari qor bo'lsin. O'ziga o'xshagan yolg'onchiga yor bo'lsin.
Qalb bo'lganda yiroqda. Iroda ekan ojiz. Do'stlar xam ko'p atrofda. Ammo men yakka yolg'iz. Birdan qalbim keksarib. Qon xam qochdi yuzimdan. Sen sirdoshni axtarib. Xayol ketar izingdan. Qayga ketding yuragim. Bitti bardosh va toqat. Suxbatingdur tilagim. Dilda xasratim qatqat. Ko'pdir aytajak so'zim. O'gitlaringga zorman. Yig'laysan deb do'stlarim. Ta'na qilar netay men. Sovish bermaydi menga. Yoqib ketganing olov. Netay yetmayman senga. O'rtaga tashlangan g'ov. Ishqqa maskan yuragim. Topib ber deb qistaydi. Nima qilay beraxim. Ruxim seni istaydi.
Ko'zlarimda suratingiz. Dardlarimni bilolmaysiz. Yig'lamaydi yuragingiz. Siz mendayin sevolmaysiz. Siz tilagim desangiz xam. Qon yuragim desangiz xam. Yuz yil yig'lab sevsangiz xam. Siz mendayin sevolmaysiz.