Sen kimnidir õylab turganda, Berib soxta sevgisiga tan. Qõllaringdan kimdir tutganda, Seni õylab turgan bõlaman. Qonga tõlib botganda quyosh, Sen uyquga qõyganingda bosh. Soginchlardan kõzga olib yosh, Seni õylab turgan bõlaman. Quvonchlarga tõlganda olam, Yot bõlib yotlarga bir dam. Meni bir bor õylamasang xam, Seni õylab turgan bõlaman. Yotlarga yot bõlsang bir kuni, Quvonchlarga tõlsang bir kuni. Meni esga olsang bir kuni, Men jim yiglab turgan bõlaman. Bir kun kelib aqling kirganda, Bevafo yor tashlab ketganda. Meni bir bor kõrging kelganda, Armonlarga tõlgan bõlaman. Alaqachon õlgan bõlaman.