Hijronlar
qalbimni
buncha ezadi,Armonlar orzuning
qasrin buzadi.Yuragim bir senga
zorlik sezadi,Men seni judayam, juda
sog‘indim.Armondir dardimni aytolmaganim,G‘ururni yiroqqa
haydolmaganim, Armondan og‘irdir
qaytolmaganim —Men seni judayam,
juda sog‘indim.Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,Imtihon dunyoning
kori bo‘lsa ham,Iqrordan dilimning
ori bo‘lsa ham —Men seni judayam,
juda sog‘indim. Dardimni aytmadim,
tishladim tilni,Hijrondan ming karra
g‘ashladim dilni,Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni —Men seni
judayam, juda sog‘indim.Yillarki
izlayman bosgan izingni,Ko‘zimda
ko‘raman qora ko‘zingni, Qaniydi, bir
bora ko‘rsam o‘zingni,Men seni
judayam, juda sog‘indim.