Na hijronda bir bor kuyadi, Muhabbatsiz yuragi yig’lar. Sevsa hamki, soxta suyadi, YUragida sevgisi yo’qlar. Maftun qilmas na gul, na bahor, Go’zalikka talpinmas zinhor, Na do’st bo’lar, na vafoli yor, YUragida sevgisi yo’qlar. Dunyo o’lchar qarichi xato, Xatolari bo’lmagay ado, Seva olmas o’zini hatto, YUragida sevgisi yo’qlar. Goh aybini aytsang yuziga, Ko’ksing sari otadi o’qlar. Kerak emas o’zi-o’ziga, YUragida sevgisi yo’qlar. YOndirmagay na ishq otashi, Kul bo’libon to’kilgay cho’g’lar. Muzdan sovuq bo’lar quyoshi, YUragida sevgisi yo’qlar.