Bugun seni tark etgum butkul, Meni afv et ,o'zga yo'q chora. Beg'uborim, qalbim bo'ldi kul, Bu manzilsiz yo'limiz ora. Bugun sendan ketarman butun Közlarimdan yoshim bekitib Senchi meni kutma tunu kun Yöllarimga boqma entikib. Sevging dilda yashagay mudom Garchi tomar yurakka qonim Men manguga olarman orom Sen baxtli böl alvido jonim...
Kuz kunlari osuda rangdor
Yomg'ir isi hukmron bugun
To'kilmoqda ko'ngilga g'ubor
O'y hayollar barchasi tugun...
Ma'yus ko'ngil torini chertgan
Dilga solgan ilhomning selin
Gulru suluv qalamlar tutgan
U begona, u bo'lar kelin
Odamlarga hech ham farqi yo'q
Ruh begona hayollar ayro
Tanlar o'zga, yuraklarda o'q
Ko'zda yoshlar misli bir daryo
So'ngi kunlar o'zim u gulning
Baxt to'yiga hamroh bo'laman
Malham istar g'amgin ko'ngilning
Ohlariga nuqta qo'yaman
Buxorocha to'y bolar shodon
Hamma qator ichaman qadah
Endi bari men uchun armon
Baxt tilayman uraman qah qah
Gulruh go'zal parizod dildor
Sening haqda ko'p kuylar aytdim
Ammo sevgim etolmay izhor
Ostonangdan ortimga qaytdim
Bir jizzaxlik b
Qani ko'nglimdagin to'kolsam sizga
Qani ayta olsam barcha gapimni
Menga termulguvchi shu qaro ko'zga
To'ka olsam ochib qalbimni.
Eng birinchi mehrimni aytardim
Sehrimni aytardim
So'ng... so'ng esa
Sevgimni aytardim
Siz shundayin suluv beg'ubor
Zulf, kokili taramu taram
Yoqut labi g'uncha, maftunkor
Qirq kokili dardimga malham
Siz shundayin sehrgarsizki
Bir qiyoga aylaysiz tutqun
Gul chehrali bir dilbarsizki,
Nigohlari taratar uchqun..
Siz shundayin ajib dilrabo
Qoshlari ham qaldirg'och misol
So'zlaringiz bir ohangrabo
Sochlaringiz uchurar shamol...
Menchi sizga shaydoyu oshiq
Hamki mahkum, bir g'arib faqir
Sizga ishqim etarman tortiq
Mendan o'zni olmangiz axir.
D.D.SH uchun 1