Yomg'ir isi hukmron bugun
To'kilmoqda ko'ngilga g'ubor
O'y hayollar barchasi tugun...
Ma'yus ko'ngil torini chertgan
Dilga solgan ilhomning selin
Gulru suluv qalamlar tutgan
U begona, u bo'lar kelin
Odamlarga hech ham farqi yo'q
Ruh begona hayollar ayro
Tanlar o'zga, yuraklarda o'q
Ko'zda yoshlar misli bir daryo
So'ngi kunlar o'zim u gulning
Baxt to'yiga hamroh bo'laman
Malham istar g'amgin ko'ngilning
Ohlariga nuqta qo'yaman
Buxorocha to'y bolar shodon
Hamma qator ichaman qadah
Endi bari men uchun armon
Baxt tilayman uraman qah qah
Gulruh go'zal parizod dildor
Sening haqda ko'p kuylar aytdim
Ammo sevgim etolmay izhor
Ostonangdan ortimga qaytdim
Bir jizzaxlik bezori uchun
Tugar ishqning ovozalari
Yopiladi manguga butun
Buxoroning darvozalari...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев