Предыдущая публикация
Zulf, kokili taramu taram
Yoqut labi g'uncha, maftunkor
Qirq kokili dardimga malham
Siz shundayin sehrgarsizki
Bir qiyoga aylaysiz tutqun
Gul chehrali bir dilbarsizki,
Nigohlari taratar uchqun..
Siz shundayin ajib dilrabo
Qoshlari ham qaldirg'och misol
So'zlaringiz bir ohangrabo
Sochlaringiz uchurar shamol...
Menchi sizga shaydoyu oshiq
Hamki mahkum, bir g'arib faqir
Sizga ishqim etarman tortiq
Mendan o'zni olmangiz axir.
D.D.SH uchun 1
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев