Ko'zlaringiz bo'lganida nam, Hira tortsa bu yorug' olam, Hatto omad yuz o'girsa ham, Faqat Alloh qolar siz bilan, Bo'lsa hamki orzular armon, Sevganingiz qoldirsa hayron, Taqdir etsa sizni sargardon, Faqat Alloh qolar siz bilan, Quvonch sizni aylanib o'tsa,Ostonada g'amginlik kutsa, Ishonganiz qo'l siltab ketsa,Faqat Alloh qolar siz bilan, Boshingizga tushganda tashvish, Qalbingiz ham tortganda homush, Hayollar ham bo'lib qolsa tush, FAQAT ALLOH QOLAR SIZ BILAN.