Xonning qizi Xonzoda, Boyning qizi Ozoda Dimog'lari fazoda, Kimni sevsam bo'larkin? Yagona u Yagona, Durdonaga dugona, Bo'lib majnun devona, Kimni sevsam bo'larkin? Gulsarami, Gulnora, Diyorami, Dildora, Xayotimda ilk bora, Kimni sevsam bo'larkin? Gul tutdim Gulxumorga, Dil tutdim Dilxumorga, Aytmanglar Zulxumorga, Kimni sevsam bo'larkin? Kimga bog'layin rishda Ex, sevish bir ish_da, Do'stlarim bir ko'rishda, Kimni sevsam bo'larkin?