Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o`ylayman O`zimdan ko`proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo`l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko`rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo`lar-u, Yomon odam yaxshi Bo`lmas hech qachon. Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Ko`kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog`dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo`l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ularni men yana Ko`rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. To`ylar boshlandi. Yuragim pora –