Olis hayot yo'llarimda hamrohim,
Yaxshi yomon kunlarimda guvohim.
Dardu alam chog'larimda panohim,
Chin do'stimdan ayirmagin ALLOHIM.
*** *** ***
Bir tomchi suvdan favvora bo'lmas,
Do'sti bor inson hech qachon bechora bo'lmas.
Ishongin so'zlarim, rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do'st sendek bo'lolmas.
*** *** ***
Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.
Do`st topish osonmas
Bilib qo`y inson.
Do`st qadrin anglagin
Har soat, har on.
Do`st mangu sirdoshdir,
Do`st mudom qalbdosh.
Boshingda tut uni
Ey aziz, yurtdosh.