Bag'ringga bosh qo'yib yig'lagim keldi, Nelardur qalbinni tinmayin tildi, Negadur shu so'zni so'ragim keldi, Yomg'ir yog'di sevgilim esladingmi ayt? O'shanda yoningga borolmagandim, Ko'zlaringga tikilib to'yolmagandim, Birgina shu so'zni so'rolmagandim, Yomg'ir yog'di sevgilim esladingmi ayt? Sog'inchda kunlarim o'tsa birma bir, Sani yoding ila yashadim faqat, Mani unitgandursan lekin baribir, Yomg'ir yog'di sevgilim esladingmi ayt? Taqdirga tan beru unitmasang bas, Baxtim baxtsizligim baxtli bo'lsang bas, Jonim yodimdasan hardam har nafas, Yomg'ir yog'di sevgilim bir eslasang bas!