"JANNATDASIZ ONAJON"
Yig'lar Yurak, Osmon qular
zorimdan,
Ko'kda uchgan qushlar
qular holimdan,
Siz ketdingiz men ayrildim
borimdan,
Ko'nglim sezar Jannatdasiz
Onajon!
Qalbim ado bo'lar sizni
o'ylasam,
Bermas sado ko'ngil
tomon bo'ylasam,
Yurak taskin olar sizni
kuylasam,
Ko'nglim sezar Jannatdasiz
Onajon!
Bilmaysizda sizsiz og'ir
qanchalar,
yolg'iz qolib yig'layapman
kechalar,
Bir men emas aytar
menga nechalar,
Ko'nglim sezar Jannatdasiz
Onajon!
Men olisman bugun sizdek
bog'imdin,
Tun o'rtanib oyga yig'lab
og'rindim,
Netay Ona sizni juda
sog'indim,
Ko'nglim sezar Jannatdasiz
Onajon!
Siz ketdingiz bir bor dildan
kulmadim,
G'amga botdim, zinxor
g'amdan turm