Bilib qo'ying hayotda zo'rdan ham zo'r chiqadi, Voy peshonam sho'r demang, undan ham sho'r chiqadi. Omadni siz quvlamang, quvlasangiz u ketadi, Doim halol bo'lsangiz, o'zi quvlab yetadi. Kimdir aqlli bo'lar, kimdir undan o'tadi, Ko'p bilganni oxiri, ko'p savollar kutadi. Osmondagi bulutlar doim uchib yuradi, Ayting qaysi zo'r inson mangu hayot ko'radi. Manmanlikdan foyda yo'q har bir inson o'ladi!!!