Ketayapsiz... Mayli-yu,ammo,
Yuragimga bir so'z deb keting!
Ortingizdan zor yig'lamasin,
Qaytaman deb, ovutib keting!
Yolg'on bo'lsa xamki so'zingiz,
Dilga umidlar solib keting!
Menga shartmas tillo zaringiz,
Sabringizni qoldirib keting!
Xaddan oshib ketmasin sog'inch,
Xayollarim to'zg'atib keting!
Meni qiynab, ado qilmasin,
Xijronlarni irg'itib keting!
Alvidolar demang! Yo'q. Zinxor.
Xatto baxtlar tilamayketing!
Nigoxlarim topmasin ozor,
Ortingizga qaramay keting!
Ketayapsiz... Mayli-yu, ammo,
Yuragimga bir so'z deb keting!
Izingizdan yig'lashlarim bor,
Kulib-kulib, kuldirib keting......!