Azon aytib yig`lar
Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha!
Tong ottirding qanday,
hilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha?!
Eng mukammal azal qoida
Rayhon isi turar poyida,
Qanday turar osmon joyida?
Rasululloh yig`lagan kecha?!
Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy
sherlar
Yulduzlar ham to`kilay derlar
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kulganida oq dur sochilgan
Gulharirdan bir nur sochilgan,
Ammo qalblar beun ochilgan
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kiyik bilan bo`ri
do`stlashmish,
Osmon ila zamin yuzlashmish,
Etim ko`ngli g`amgin
bo`zlamish
Rasululloh yig`lagan kecha!
Ey jamiki hilqat, tinglangiz,
Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas
kulsangiz
Ras