Qo'rqaman, ertaga men o'lib ketsam, Yotar bo'lsam qumga botib ko'zlarim, Ko'nglimni ko'chkiday bosadi bir g'am – Yig'lashni ham bilmas mening sevgilim… Eng yaqin do'stlarim g'iybatim qilar, Eng zaif dushmanim ustimdan kular. Ular-ku, ne qilsa o'zlari bilar, Yig'lashni ham bilmas mening sevgilim… Shoir o'lsa kim ham kuyinar deysiz, shoirlaq hozir suvarakday ko'p. Ular misli qishda tarnovdagi muz, Barmoq tegsa yerga to'kilar to'p- to'p… Tildan qolsam ko'zda qotib yoshlarim, Ko'nglimdan boshqa bor axir, ne zarim? Yerlarga egilgan kuni boshlarim, Yig'lashni ham bilmas mening sevgilim… U yoshdur. O'limdan qo'rqaman yomon, Chunki, dardiga hech quloq solmadim. Qabrimning ustida yig'lasin debon, Gul