Qadriga yetaylik
Ey do'stim, Ey birodarim,
Qadriga yeting siz bo'lsa akangiz,
Qo'lini tuting siz bo'lsa ukangiz,
Bir kuni qurisa mador tinkangiz,
Begonalar tomon chopaolmaysiz,
Ulardan boshqani topaolmaysiz!
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz,
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz,
G'amli kun kelganda shuni bilingiz,
Tashvishlar eshigin yopaolmaysiz,
Ulardan boshqani topaolmaysiz!
Agar yoningizda bo'lsa opangiz,
Poyini emaklab suyib o'pingiz,
Musibat chog'ida har yon chopingiz,
Bozordan bosha bir opa olmaysiz,
Ulardan boshqasin topaolmaysiz!
Yaxshi kunda qadrin bilin yoringiz,
Dard kelsa shu bo'lar ham bemoringiz,
Tarqalib ketganda yo'g'u boringiz,
Ko'z yoshni birovga sepaolmaysiz,
S