Ezgu orzulari bo'lganida puch, Ayol xiyonatiga kelganida duch.Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,Alamdan ezilib, erkak yig'laydi.Cheksiz xasratlarga qolganda botib,Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.Bolasini tobutin qolsa ko'tarib,Yurakdan o'kirib, erkak yig'laydi.Xizmat qilolmasa tikib jonini, Roziqilolmasa otajonini. Tuproqqa qo'yganda onajonini, Uyalmay bo'kirib, erkak yig'laydi. Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.Omadi chopmasa ish maydonida,Bir chetga o'tirib, erkak yig'laydi.Shayton quchog'ida yotsa bolasi,Vijdonin iblisga sotsa bolasi.Qariyalar uyiga otsa bolasi,Ajalin chaqirib, erkak yig'laydi.Xaromni tanlasa, xalol turganda,Navqiron yoshligini uvol qilganda. Q