♥ Ona, onajonim, jonim onam! Bugun esa, jonsizim onam.... Joningizga jon bo‘lolmadim-mu!? Boshingizda parvona bo‘lolmadim- mu!? Falak ming aylandi, quladi, bu kun! Alp bo‘lib, er bo’lib, xizmatingiz qilolmadim-ku! Qo‘llaringiz muzlabdi, qilt etmas zarra, yuzimning, ko‘zimning, qo‘llarim, ko‘z yoshim tafti ilitmasmi hech!? Tovonimga tikan kirsa, tanim emas, undan-da ko‘proq sizning joningiz achirdi! Yurak-bag‘ringiz qon, puf-puflab, avaylab-asrab joningiz halak, mehringiz falak yashardingiz, farishtam, beg‘uborim, sochlariga oq tushgan duogo‘yim, duolaringiz armonmi endi!? Onam jonim, qarang, tovonimda zarra tikan emas, eng katta tog‘dek xanjar yuragimda-ku! Nahot sizning yuragingiz achishmay