Bir kuni barcha his-tuyg`ular bekinmachoq o`ynashibdi. Telbalik men qidiraman debdi. Mehr quyosh ostiga, xasad balchiqqa, xiyonat hazonlar ortiga, do`stlik daraxt orqasiga, jasorat vulqon ichiga, gumon tun ortiga, ishonch tog`larga, go`zallik esa oyning ortiga berkinibdi. Sevgi qayerga yashirinishini bilmay turaveribdi. Sanoq tugay deganda gullar ortiga berkinibdi. Telbalik sevgidan boshqa hamma berkingan tuyg`ularni topibdi.Shunda xasad kelib sevgini qayerdaligini aytibdi. Telbalik g`azablanib gullar ortiga pichoq sancha boshlabdi. Shu payt gullar ostidan ko`zlari o`yilgan, yuzlari qonga belangan sevgi chiqibdi. Telbalik undan kechirim so`rabdi. Sevgi esa men ko`rman, menga yo`lboshchilik q