Yashashga mador yo'q, xo'p toldiim yo'ldan,
Saodat asriga xosdir sog'inchim,
Yo'lboshchi axtarib adashdim yo'ldan,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Nasihat olmagach, dilbandim farzand,
Biror bir go'zallik qilolmas xursand,
Otam ham tuzukroq berolmadi pand,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Galakaz ichinda tentirab,xorib,
O'zimni sezyapman tamoman g'arib,
Oisha onamni tushimda ko'rib,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
hech qanday foyda yo'q, ming bir ta'birlar,
Hatto to'shagimda ilon g'imirlar,
Xiyonatning boshi bugun amirlar,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Tamom gunohkroman qo'ysam bir qadam,
Shahrimda topolmama tuzuk bir odam,
Dalda bo'lolmagay hatto volidam,
Rasululloh sizni qa