Dardimni qog‘ozga bitib yashadim,
Alamlarim ichga yutib yashadim.
Umrim yo‘lga qarab o‘tdi Azizim,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Ezildim,-yolg‘izlik qa’riga botib,
Yuragimni armon doriga osib.
Oq qora rasmingiz bag‘rimga bosib,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Kutaverdim,kutdim,tolmadim bir dam,
Tilimda tasalli,ko‘zlarimda nam.
Kelmasligingizni bilib turib ham,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Umr oqib ketdi,cho‘zildi firoq,
Yuzga ajin indi,sochga tushdi oq.
Siz meni unutib ketdingiz biroq,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Bunda ishq xor bo‘ldi,iztirob g‘olib,
Ayriliq o‘rtadi,o‘rtaga olib.
Ming bitta hasratning o‘tida yonib,
Men sizni bir umr kutib yashadim.
Sizga na g‘am hamroh,