Ablah do'st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ajal olib kelsa yov, O'ldir, berma hech ayov. Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar. Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi, Sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi. Ash dushman do'st bo'lmas, Qaynab qoni qo'shilmas. Asli dushman el bo'lmas, Etakni kessang, yeng bo'lmas. Ash dushman yon bermas, Yon qoziqdan son bermas. Ash qora oqarmas. Aqh ko'pni dov olmas, Do'sti ko'pni yov olmas. Bahq suvsiz yashamas, Inson — do'stsiz. Bilagi alp birni yiqar, Do'sti ko'p — mingni. Bir ko'rgan — tanish, Ikki ko'rgan — bilish. Bostirmadan ayvon yaxshi, Yomon do'stdan hayvon yaxshi. Burgut kuchi — oyog'ida, Odamniki — do'stlikda. Bo'rining bolasini bo'rkingda