"Bevafodan vafo kutib xato qildim, Ko'ngli yo'qqa ko'ngil berib jafo ko'rdim. Na ilojki, qon-qon yig'lab, ko'ksim tildim, Yaratgandan bu dardimga davo so'rdim. Ilk ko'nglini olgan o'zga dildor ekan, Men sevganim o'shal yorga muhtoj ekan. Nima qilay begona yor bo'ldim unga, Orzularim bilsam bari sarob ekan. Yarim baxtdan ko'nglim to'lmas, yig'lar yurak, Suyuksiz yor bo'lish ayting kimga kerak. Naxot sevgi g'am-alamu azob demak, Bunday taqdir, bunday xayot kimga kerak. Yig'lamayman, bu xam sinov, deyman mayli, Yuragimda sevgi so'nsa hamki mayli. Yig'lamasdan yashamoqqa qaror qildim, O'zim uchun yashagayman endi bildim"