GULIM
Gulsanu valekin Quyoshdan iliq,
Sen borki so'nmaydi harorat, gulim.
Biram yoqimlisan, biram xushqiliq,
O'zingsan men uchun mukofot, gulim.
Menga bas sen bergan ifor-gul isi,
Basdir kulgiching va uning kulgusi,
(To'g'risi, odamning kelar kulgisi!)
Nahot shu xolosdir sadoqat, gulim?!
Kuyib ketamana seni o'ylasam,
Suyib ketamana seni o'ylasam,
Ha, aytgancha, yana seni o'ylasam
Chamanga aylanar xayolot, gulim.
Dunyoda mendanda baxtliroq bo'lmas,
Men tomon bir qarab, bitta kulsang bas...
Cho'zilib ketdi a? Xo'p, unda xullas,
Dil gulbog' bir Sendan iborat, gulim.
06-06-2014 Zafaryor