Ketaman...
Ketaman, endi men
ketaman,
Men baxtsiz insonga yor
qayda?
Bilaman, endi men
bilaman,
Suymasa, suykalish
befoyda...
Ketaman, na iloj, nachora,
Zorim bor, zo'rim yo'q
oldingda.
Sevishim aytsam ham
ming bora,
Ishq o'ti yonmadi
qalbingda.
Ketaman... ortimdan
zorlanib,
Qolgin deb sen yolg'on
zo'rlaysan.
Bosh olib garchi men
ketmasam,
Baribir sevgimni
xo'rlaysan.
Ketaman, ko'zimdan
oqqan yosh,
Yomg'irday yog'adi
boshingga,
Sen buni sezmaysan
bag'ritosh,
Begona kelganda
qoshingga.
Ketaman, ortimdan
suyunmay,
Aksincha sen menga zor
bo'lgin.
Xo'rlading sevgimni
tushunmay,
O'zing ham albatta xor
bo'lgin.
Ketaman men olis
tomonga,
Bo'ylasang, bo'yla