Zamonaviy qizlarjon
Yelka ochiq, bel ochiq,
Sal yopib yuring sochiq.
Bilmam neni ko’zlar jon,
Zamonaviy qizlarjon.
Sizlarga tushsa gar ko’z,
Uyatdan qizarar yuz.
Eh zamon, essiz zamon,
Zamonaviy qizlarjon.
Pardoz-andoz o’zida,
“Votti-votti” so’zida.
Vujudda ko’pirar qon,
Zamonaviy qizlarjon.
Kundan-kun kalta yupka,
Kirib bormoqda urfga.
So’z topolmay biz hayron,
Zamonaviy qizlarjon.
Labda yal-yal bo’yoqlar,
Rang-barangdir tirnoqlar.
Ko’zga ko’rinar yomon,
Zamonaviy qizlarjon.
Uvaysiylar qanisiz?
Qanday yo’l tutaylik biz?
Ko’chalar to’la shayton,
Zamonaviy qizlarjon.
Shim yigitlar kiyimi,
Mosmas o’zga buyumi.
Bering atlasga imkon,
Zamonaviy qizlarjon.
Quloqlarda q