So'zi shirin
lek ma'no
tahir,
Qalbga g'araz tukgan odamlar,
Men indamay yuruvdim axir,
Tegmaganga tekkan odamlar.
Nima -- Sirim berib qo'ydimmi?
Fasod urug' ekkan odamlar,
Unmasdan ham o'rib qo'ydimmi?
Tegmaganga tekkan odamlar.
Foydangizga so'zlagan edim,
Mag'zin chaqmay so'kkan
odamlar,
Bilmay debman pushaymon
yedim,
Tegmaganga tekkan odamlar.
Ko'zgu bo'lsam yaqinsiz biling,
O'z qadrini to'kkan odamlar,
Parchalandim bilganiz qiling,
Tegmaganga tekkan odamlar.
Yutavermang yorilishiz bor,
G'iybatimga bo'kkan odamlar,
Kechiring deb kelganiz bekor,
Tegmaganga tekkan odamlar.
Bilintirmay pas ketib bo'ldiz,
O'rni osmon bilgan odamlar,
Tirik yurib ming bora o'ldingiz,
T