Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Har neki qilishga yetadi kuchim Yangidan tashlayman qadamim bugun Mashaqqatli yo'lni bosib o'taman Hayotda yashashni o'rganmoq uchun. Nimadan boshlashni bilmay hayronman O'tmish sarqitidan dili vayronman Barini unitishga bugun tayyorman Hayotda yashashni o'rganmoq uchun. Boshimdan o'tadi ming bir xayollar Vujudim titroqda netay yoronlar Yuragim aytadi "Qilgin to'fonlar" Hayotda yashashni o'rganmoq uchun. Ko'ngil ishi juda bo'larkan og'ir Qalbim tug'yonidan hayronman axir Yuragimga quloq tutdim men oxir Hayotda yashashni o'rganmoq uchun. Endi hech kim to'sa olmas yo'limni Endi yoritguvchi bordir yo'limni Ustidan chiqaman aytgan so'zimni HAYOTDA YASHASHNI O'RGANMOQ UCHUN.