Özga yorga könglingni bog'lab, armon bölding dilimni dog'lab, ötdim mana necha yil yig'lab, lekin seni unutolmadim. Yolg'izlikka kelganda duchor, armonlarga chidadim nochor, unutmoqqa urindim köp bor, lekin seni unutolmadim. Suratingga termulsam nogoh, diydorlashgim kelib ketar goh, sensiz ham baxt berdiyu Alloh, lekin seni unutolmadim. Hayot boshqa edi ilgari, yillar ötdi asr singari, unutildi ötmishning bari, lekin seni unutolmadim. Necha yillar bag'rimni öydim, sog'inchlarni baridan töydim, özimni ham öylamay qöydim, ammo seni unutolmadim. . . .