O'rik shoxlariga qo'ngan qormikan, Qo'llaring xinomi yo gulgunchechak, Hanuz masrurmisan baxtiyormisan, Qo'qon bog'larida qolgan kelinchak. Kinni aziz tutib ketding azizam, Kimning xaroridan gullading o'sding, Bir lahza ko'zlaring ko'rayin desam, Kipriklaring bilan ko'zlaring to'sding. Boshingda daryodek mavjlanar ro'mol, Shamol qulog'idan tortar barglarni, Ey shamol uchirma dilgirdir shamol, Ro'molingga qo'ngan kapalaklarni. Olam bir alamdir zimziyo cheti, Alam bir olamdir endi sevgilim, O'rik gullaridek sochilib ketdi, Kaftimdagi bir juft sitoralarim. Meni chorlayverdi yovvoyi kenglik, Jayronlar ko'zidan ko'zim qamashdi, Senga gullagan bog' yarashgan kabi, Menga sargardonlik gashti yarashd