>Saharda turaman-ko'nglimda faroh,
>>Dil xushnud, etganga bulbuldek "chah-
chah".
>>>E'tiqod o'sadi-ulkan bir daraxt,
>>>>Insof diyonatning bog'i Ramazon..
>Lablardan terilar dur kabi tilak,
>>Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
>>"Qabul et!"- deb turar har bitta malak,
>>>>Mo'minning suyangan tog'i Ramazon...
>Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
>>Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
>>>Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
>>>>Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
>Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
>>Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan,
>>>Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
>>>>Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
>Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
>>Takabburlar axloqini tuzatmish.
>