Hijronlar qalbimni buncha ezadi, Armonlar orzuning qasrin buzadi. Yuragim bir senga zorlik sezadi, Men seni judayam, juda sog‘indim. Armondir dardimni aytolmaganim, G‘ururni yiroqqa haydolmaganim, Armondan og‘irdir qaytolmaganim, Men seni judayam, juda sog‘indim. Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham, Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham, Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham, Men seni judayam, juda sog‘indim....._____