Orzulardan bag'rim qon,
Yuragimda ming fig'on.
Seni gülüm qumsab har on, Yig'ladim...!
Hasrat yuvmas dil dardini,
Yo bilmadim ishq qadrini.
Ketqazolmay dil dardini, Yig'ladim...!
Ishqing deya jondan to'yib,
Qadrdonim qadring bilib.
O'z ko'ksimni o'zim tilib, Yig'ladim...!
Sahrodagi suvsiz yantoq,
U ham mendek baxtga mushtoq.
Armon toshi berib qiynoq, Yig'ladim...!
Barchasidan armon yomon,
Armon ichra hijron yomon.
Bu savdodan bo'lib hayron, Yig'ladim...!