Dunyo kezib risqin tergan odam,
Iw chatoq deb aytmasin erkak.
Tongdan tunga qadar yursa ham,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Yo'lin poylar ko'zin qorasi,
Farzandlarin beka onasi,
Erkak zoti ko'cha bolasi,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Omad kelmas qaddu savlatdan.
Er ahlini qisma davlatdan.
O'zing asra wu malomatdan,
Uyga quruq qaytmasin erkak.
Mo'l qil halol nomu owini,
Topsin hech yo'q kerak towini.
Hayot egma yigit bowini,
Uyga quruq qaytmasin erkak.