Onaizor Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan hamma Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u Sig`may qolsam shunday keng bu jahonga, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo, Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo. Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo - Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb, Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb, Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u