Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash, Xam egilib bu egilmas bosh, Ko'zlarimda qalqib tursa yosh, Bu holimga berolmay bardosh, Bir mushtipar Onam yig'laydir, Qolganlari yolg'on yig'laydi. Qaytar bo'lsam quruq qo'l ovdan, Qora qozon qolsa qaynovdan, Ham ayrilib o'lja ulovdan, Qarzga botar bo'lsam birovdan, Taskin berib Onam yig'laydi, Qolganlari yolg'on yig'laydi. Birda haqdin, birda nohaqdin, Jabr ko'rsam bir betavfiqdin, Ortda tursam qalbi quroqdin, Qadrim xarob bo'lsa tuproqdin, Ohlar urib Onam yig'laydi, Qolganlari yolg'on yig'laydi. Og'a-ini o'rtasida gap, Ahlol, kelib chiqsa ixtilob, Biri izzat, biri mulk talab, Bu oq sutim, mehrimga xilof, Deya sho'rlik Onam yig'laydi, Qolganlari yolg'on yi